Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markaziga yana 57ta rezident qo‘shildi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazida rezident maqomini olgan 57 ta yuridik shaxsga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shunday qilib, MUIC reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan AKT sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalar soni 204 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, rezident maqomini olgan IT-kompaniyalar bir qator imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ladilar. Xususan, reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar 2028-yil 1-yanvargacha soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter