Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyevning xorijdagi fuqarolarga nisbatan munosabati o‘zgargan

Mirziyoyevning xorijdagi fuqarolarga nisbatan munosabati o‘zgargan

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston hukumati chet elda ishlaydigan va o‘qiyotgan fuqarolarga nisbatan o‘z munosabatlarini tubdan o‘zgartirdi, deb ma’lum qildi mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari turli delegatsiyalarning bugungi kunda chet eldagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazayotganini, mahalliy hokimiyat organlari ularining ish sharoitlari va hayotini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib, huquqlarni ta’minlayotganlarini ta’kidladi.

«Sputnik» nashrining yozishicha, davlat rahbari, shuningdek, bugun to‘g‘ri yo‘ldan borayotgan diniy ekstremistik harakatlarning sobiq ishtirokchilarga nisbatan jamiyatning munosabati o‘zgarganini qayd etdi.

Davlat rahbari o‘tgan yili O‘zbekiston viloyatlariga qilgan safarida ijro hokimiyatining mavjud xatolariga ishora qilgan. U qonunni buzganlarni, hayotini diniy-ekstremizm bilan bog‘lab, so‘ng xatosini tushunib yetganlarni jamiyatdan haydash mumkin emasligini ta’kidlagan. 

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda diniy-ekstremistik tashkilotlar ishtirokchilarining qora ro‘yxatidan 18 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi chiqarib tashlangan, 10 ming nafari esa ish bilan ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring