Mirziyoyev «OTP Bank» direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi

Rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «OTP Bank Group» direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bankning O‘zbekiston bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023 yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezident Mirziyoyev avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo‘shma dasturlarni olqishladi.
Parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Toshkent viloyatidagi sanoat parkida Vengriya kompaniyalari loyihalarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter