Mirziyoyev murojaatnomada Qoraqalpog‘iston voqealarini yodga oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston voqealariga to‘xtaldi.
«Hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda.
Yer yuzidagi iqlimning keskin o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslar kamayishi bilan bog‘liq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.
Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.
Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayapti.
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan noxush voqealar xalqimizni qattiq qayg‘uga soldi.
Xudoga shukur, ko‘p millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.
Biz uchun «Qoraqalpog‘iston yutug‘i – butun O‘zbekiston yutug‘i, Qoraqalpog‘iston tashvishi – butun O‘zbekiston tashvishi», degan g‘oya hamisha amaliy harakat dasturi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi!
Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir.
Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir bo‘lib ketgan xalqlarimiz do‘stligiga, hech qanday kuch ta’sir ko‘rsata olmaydi. Chunki, bizning o‘tmishimiz bir, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bir!», dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter