Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev IHT doirasida transport yo‘lagi tashkil qilish va tariflarni maqbullashtirishni taklif qildi

Mirziyoyev IHT doirasida transport yo‘lagi tashkil qilish va tariflarni maqbullashtirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitidagi nutqida transport-kommunikatsiya masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqligini kuchaytirish haqida so‘z yuritar ekan, Shavkat Mirziyoyev a’zo davlatlarning aksariyati dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarining yirik bozorlari bilan bog‘laydigan va bizning hududlarimiz orqali o‘tadigan transkontinental transport yo‘laklari salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligi aytildi.

«Kelgusida «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» va Transafg‘on multimodal yo‘llarining ishga tushirilishi barcha a’zo davlatlar manfaatlariga mos keladi.

Toshkentda 2-noyabrda bo‘lib o‘tgan transport vazirlarining yig‘ilishida «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatga boshqa a’zolarni ham qo‘shilishga, o‘zaro tarif va yig‘imlarni maqbullashtirishga chaqiraman», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yuk tashish hujjatlarini raqamlashtirish kabi zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish hamda samarali muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusini bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring