Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirobodlik deputat nuroniylarga 100 dan ortiq badiiy kitoblar tarqatdi

Mirobodlik deputat nuroniylarga 100 dan ortiq badiiy kitoblar tarqatdi

Yurtimizda odamlar dardu-tashvishi bilan yashaydigan, hayotini og‘ir va mashaqqatli, sharafli ishga bag‘ishlagan fidoyi insonlar ko‘p. Xalq deputatlari Mirobod tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Abduhakim Mamanazarov ana shunday jonkuyar insonlardan biri.

Nega desangiz, tinib tinchimas bu xalq noibi o‘z ishi, vazifasiga mas’uliyat bilan yondashadi, xalq bildirgan ishonchni doim oqlaydi. Masalan, yaqinda u bir guruh partiya faollari bilan birga Olmazor tumanidagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida bo‘lib, faxriylar holidan xabar oldi.

– Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, yengillik va imtiyozlar bilan bog‘liq masalalar davlat siyosatining muhim yo‘nalishidir, – deydi deputat. –Shu bois, 9 yildan buyon mazkur pansionatga kelib nuroniylar holidan xabar olamiz. Qolaversa, har bayramda turli sovg‘alar va bepul dori-darmon vositalari tarqatib turamiz. Bugungi uchrashuv davomida ham ularga 100 dan ortiq badiiy kitoblar tarqatdik. Ochig‘i, bunday mehr va g‘amxo‘rlikdan nuroniylar ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, bugun mazkur pansionatda 60 yoshdan 98 yoshgacha bo‘lgan 143 nafar faxriylar istiqomad qiladi. Ularga esa 93 nafardan ortiq ishchi-xodim sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring