Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» Feliks Magat jamoasini tor-mor keltirdi

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» Feliks Magat jamoasini tor-mor keltirdi

Foto: Klub rasmiy sayti

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi BAA yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib jamoa Xitoyning eng mashxur klublaridan biri - «Shandun Lunen» klubi bo‘ldi.

Toshkent klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Feliks Magat boshqaruvidagi jamoaga qarshi bahsda «qaldirg‘ochlar» katta ustunlikka ega bo‘lishda va buni yakunda qayd etilgan hisobda ham isbotlay olishdi - 4:0.

Flip Rayevats (2ta), Shahzodbek Nurmatov va Artyom Gabelok tomonidan kiritilgan gollar «Bunyodkor»ga yirik xisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha, 11 fevral kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi «qaldirg‘ochlar» Xitoyning «Chunsin Lifan» klubi bilan kuch sinashib, 0:0 hisobidagi durang natija qayd etishgan edi.

«BUNYoDKOR» - «ShANDUN LUNEN» 4:0 (2:0)
Gollar: Filip Fayevats 3 (1:0), Filip Rayevats 39 (2:0), Shahzodbek Nurmatov 82 (3:0), Artyom Gabelok 83 (4:0)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring