Mintaqadagi 2-raqamli terrorchi yo‘q qilindi
Afg‘onistonda «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining nufuzli vakili o‘ldirildi. Gap Abu Muhsin al-Masri haqida bormoqda. U Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan dunyoda eng ko‘p qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan, deb yozadi «Interfaks».
Ta’kidlanishicha, Al-Masri Hindiston-Pokiston hududida «Al-Qoida»ning ikkinchi raqamli odami bo‘lgan. U mamlakat markaziy qismida joylashgan G‘azni viloyatida yo‘q qilindi. Shunga qaramay, Afg‘oniston tegishli idoralari maxsus operatsiya tafsilotlariga to‘xtalmayapti.
Al-Masri asli kelib chiqishi misrlik edi. Terrorchini hibsga olish to‘g‘risidagi order 2018-yil dekabrda AQShda chiqarilgan. U amerikalik fuqarolarni o‘ldirishga tayyorgarlikka aloqadorlikda ayblangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter