Mingbuloqda birinchi neft qazib olindi
Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihasiga asosan sinov tariqasida birinchi neft qazib olindi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihani amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Mingbuloqneft» qo‘shma korxonasi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi – «CNPC» tomonidan tashkil etilgan.
Loyiha O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida energetika sohasi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, u «Bir makon – bir yo‘l» tarixiy strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra murakkab loyiha sanaladi. Konni o‘zlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori); yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168°S dan ortiq) va kabi omillarga shular jumlasidandir.
Ma’lumot o‘rnida, Xitoyning Tarim havzasidagi bunday konlarni o‘zlashtirishda «SNPC» neft kompaniyasi katta tajriba orttirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter