Milliy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga 6000 dollar olgan o‘qituvchi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I. o‘zini Chust tibbiyot kolleji fizika fani o‘qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro Z.ning ishonchiga kirgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko‘ra, u fuqaroni aldab, o‘g‘li Sh.ni to‘lov kontrakti asosida tibbiyot kollejiga muassasa rahbarlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan va 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro B. o‘zini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro F.ning ishonchiga kirgan va uni aldab, o‘g‘li B.ni O‘zbekiston milliy universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 6000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter