Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy to‘lov tizimiga «Humo» nomi berildi

Milliy to‘lov tizimiga «Humo» nomi berildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018-yil 19-sentyabrdagi qaroriga asosan milliy chakana to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xususan, aholi fikriga asoslangan to‘lov tizimining brendini yaratish maqsadida, joriy yilning 24-sentyabr kuni Markaziy bank yangi tashkil etilayotgan to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovning birinchi bosqichida 2,4 ming nafar fuqaro o‘z taklifini bildirdi. Ular orasidan eng ko‘p bildirilgan uchta nom – «Humo», «Adras» va «Anor» tanlab olindi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida, yuqorida keltirilgan uchta nomdan biriga ovoz berishda 4,0 mingga yaqin respondent ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 45,3 foiz ovoz bilan «Humo» nomi egalladi.

Shu munosabat bilan tanlangan g‘olib «Humo» nomini hisobga olgan holda milliy chakana to‘lov tizimining brendini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring