«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari yosh deputatning fikrlariga o‘z munosabatini bildirdi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Xalq deputatlari kengashi deputati K.Dusovning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan ayollar va yoshlar masalasidagi shaxsiy fikrlarini qoralayman, deb yozadi «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov.
E’lon qilingan postlar uning shaxsiy fikrlari bo‘lib, ushbu fikrlar «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining maqsad va g‘oyalariga tamoman ziddir.
Partiya ayollar va yoshlarni jamiyatimizning eng faol qatlami sifatida ko‘radi va ularga tayanadi. Tayyorlash jarayoni ketayotgan partiyaning saylovoldi dasturida ayollarga yanada qulayroq mehnat va turmush sharoitlari yaratish, xalqning dardini chuqurroq his qiladigan qatlam sifatida partiya faoliyatiga kengroq jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, yangi talablar va keng vakolatlarga ega bo‘ladigan mahalliy kengashlarga partiya tomonidan taklif etiladigan nomzodlarning tafakkur salohiyati va dunyoqarashini jiddiy tahlil qilish ishlari yanada kuchaytiriladi, deydi Alisher Qodirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter