Milliy kutubxonaning kechki payt ishlashi uchun budjetdan pul ajratiladi
Bugun, 21 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2024 yil uchun Davlat budjetida Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yil uchun Davlat budjetida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Milliy kutubxona 20 oktyabrdan boshlab kechki smenada ishlamasligini bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter