Milliy gvardiya xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Milliy gvardiyaning Samarqand viloyat qo‘riqlash boshqarmasi nazoratchisi muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Samarqand tumanidagi o‘zganing nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligining 6 gektar yer maydonini 157 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq DXX 200 ming dollar pora olayotgan davlat xizmatchisini qo‘lga olgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter