Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining vafotiga snaryad portlashi sabab bo‘lgan – Prokuratura

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining vafotiga snaryad portlashi sabab bo‘lgan – Prokuratura

Videodan kadrlar

Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmat paytida portlab ketgani haqida xabar berilgandi.

Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 21 avgust kuni dala o‘quv maydonida snaryad qoldiqlari  portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida videomurojaatda murojaat qilgan ota-onalar farzandi  Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi A.Iqboljonov hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuror nazorati o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring