«Milliy bank»da qalbaki dollar muomalaga kiritilishdan to‘xtatib qolindi

Toshketda qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish jinoyati ro‘y berdi. Xabar qilinishicha, «Milliy bank»ning Mirobod tumani filialida qalbaki dollarni o‘tkazishda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
2019 yilning 7 oktyabrida «Milliy bank»ning Mirobod tumani filialiga 1998 yilda tug‘ilgan talaba M.N. kelgan va 100 AQSh dollari miqdorida pulni ayirboshlamoqchi bo‘lgan. U topshirmoqchi bo‘lgan pul qalbaki ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 16.10.2019 yil kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi tomonidan fuqaro M.N.ga nisbatan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter