Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder Fattoh Shodiyev Sirdaryoga 40 milliard so‘m ajratdi

Milliarder Fattoh Shodiyev Sirdaryoga 40 milliard so‘m ajratdi

Foto: «ca-news.org»

Shu yil 9 aprel kuni milliarder Fattoh Shodiyev tomonidan tashkil etilgan «Shodiyev xalqaro fondi» delegatsiyasi Guliston shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev qabul qildi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi Online».

Uchrashuvda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyati aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, vohada keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun jamg‘arma tomonidan 40 milliard so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilganligi bildirildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘p o‘tmay, ya’ni bugun mazkur mablag‘ning qariyb 30 milliard so‘mi viloyatdagi maxsus hisob raqamga kelib tushgan.

Ushbu homiylik sarmoyasi «Obod qishloq» dasturi doirasida chekka qishloqlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini, avtomobil yo‘llarini, oqava suv tizimlarini mukammal ta’mirlashishlariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mablag‘ning bir qismi Prezidentimiz tashabbusi bilan Xovos tumanida barpo etilayotgan «Xovos city» qurilish majmuasiga sarflanishi ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, milliarder Fattoh Shodiyev ilk ish faoliyatini Sirdaryo viloyatida boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring