Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» ATB tadbirkorlarning muammo va murojaatlarini o‘rganmoqda

«Mikrokreditbank» ATB tadbirkorlarning muammo va murojaatlarini o‘rganmoqda

Foto: «Mikrokreditbank» axborot xizmati

Xabaringiz bor, o‘tgan yildan buyon davlatimiz rahbari yurtimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ishbilarmonlar bilan uchrashib, ular bilan har yili ochiq muloqot qilishni taklif etgandi. Bu yil ham ana shu an’anani davom ettirish maqsadida Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mazkur ochiq muloqotga ayni damda tayyorgarlik jarayonlari avjida bo‘lib, har bir tashkilot hamda muassasalar o‘z vazifasidan kelib chiqib, tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan bildirilayotgan murojaatlarni o‘rganib, ularga tegishlicha yordam ko‘rsatishmoqda.

Ayni paytda ularning muammolarini o‘rganish uchun 80 dan ziyod tashkilot vakillari maxsus shtabda murojaatlar bilan ishlamoqda.

Shu maqsadda «Mikrokreditbank» ATB tomonidan ham tadbirkorlarning muammo va murojaatlari o‘rganilib, ularning ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.

«Ochiq muloqot» bo‘yicha respublika shtabi Call-markazlariga, 2022-yil 17-avgust holatiga ko‘ra, «Mikrokreditbank» ATBga tegishli 153 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning barchasi qonun talablariga asosan o‘rganib chiqildi.

Shundan 40 tasi (21 tasiga kredit ajratildi, 11 tasining kredit muddati uzaytirildi, 8 tasi boshqa masalalar) ijobiy hal qilindi (26 foiz), 113 tasiga huquqiy tushuncha berildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti 22-avgust kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring