Migren odatiy bosh og‘rig‘idan nimasi bilan farq qiladi?
Migren fotofobiya (yorug‘lik yoqmasligi) va ko‘ngil aynishi kabi jihatlari bilan odatiy bosh og‘rig‘idan farq qiladi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi Anastasiya Belopasova «Lenta.ru» bilan suhbatda ma’lum qildi.
Migren yorug‘lik va shovqin yoqmasligi, ba’zi hollarda ko‘ngil aynishi bilan kuzatiladi. Bu holatda bosh kuchliroq, bir tomonlama va lo‘qillab og‘rishi bilan ajralib turadi. Jismoniy zo‘riqishda migren bilan bog‘liq bosh og‘rig‘i kuchayadi, dedi mutaxassis.
Migrenning davomiyligi 4 soatdan 72 soatgacha cho‘zilishi mumkin. «Migren 50 yildan buyon o‘rganilmoqda, ammo uning kelib chiqish sabablari oxirigacha o‘rganilmagan», — dedi Belopasova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter