Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIBga ming dona kompyuter berildi

MIBga ming dona kompyuter berildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 4-fevral kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida Byuro rahbariyati va BMT Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv doirasida Byuroga amaliy ko‘mak sifatida berilayotgan kompyuter texnikasi va boshqa dasturiy vositalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va qabul qilish jarayoni ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 1000 dona zamonaviy kompyuter va boshqa dasturiy vositalar Byuroga BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligining «O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash» bo‘yicha hamkorlikdagi loyihasi asosida taqdim etildi.

Ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak Byuro tomonidan ijro hujjatlarining avtomatlashtirish va raqamlash tizimi hisobotini yuritish hamda mablag‘larni undirish jarayonida moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, davlat interaktiv xizmatlarini kengaytirish, davlat organlari, banklar va boshqa mas’ul idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ishlatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring