MIB sharoiti og‘ir fuqarolar uchun yengillik bermoqda
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni hal qilishni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, fuqaro M.N.Shermatova farzandi ta’minoti uchun o‘z vaqtida aliment pullarini undirilmayotganidan noroziligini bildirib, MIB Uchtepa tuman bo‘limiga murojaat qilgan. Davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Sh.M.Shermatovdan 3000000 so‘m miqdorida aliment qarzdorligi fuqaro M.N.Shermatova foydasiga undirib berilgan.
Bundan tashqari, fuqaro Z.Yu.Sattorov oilaviy ahvoli og‘irligini, qaramog‘ida nogiron farzandlari borligi sababli tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lay olmagan. Chilonzor tuman davlat inspektorlari tomonidan hududga chiqib o‘rganilganda fuqaro Z.Yu.Sattorovning tabiiy gazdan qarzdorligi aniqlangan va fuqaroning yashash sharoiti o‘rganilib, Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan yengillik yaratilgan. Ya’ni qarzdorlik summasini ikki oyga bo‘lib to‘lash va ishlatilgan gaz uchun belgilangan to‘lovlarni muntazam ravishda amalga oshirish tushuntirilgan. Fuqaro Z.Yu.Sattorov o‘zining chuqur minnatdorligini bildirgan holda Byuroning Toshkent shahar boshqarmasiga tashakkurnoma yo‘llagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter