MIB Amrillo Inoyatovdan jarima undirilayotganini ma’lum qildi
Kecha, 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning hatto aliment to‘lashga puli yo‘q» mazmunida xabar tarqaldi.
Majburiy ijro byurosining aniqlik kiritishicha, tarqalgan xabardagi 20012307105901-sonli ijro ishi yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun fuqaro Amrillo Inoyatovdan ma’muriy jarimani undirish bilan bog‘liq bo‘lib, aliment undiruviga doir ijro ishlari toifasiga kirmaydi.
«Shuni qayd etish joizki, Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalarida Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovdan aliment undirish bilan bog‘liq hujjatlar mavjud emas.
Hozirda, ushbu ma’muriy jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi MIB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter