Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MFY+ MIB = samara!

MFY+ MIB = samara!

Foto: «Xabar.uz»

Toshloq tumanida 70 ta, Quvasoy shahrida 23 ta, O‘zbekiston tumanida 18 ta oila o‘zaro yarashtirildi, —  deb xabar bermoqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) Farg‘ona viloyati boshqarmasi.

MIB Toshloq tuman bo‘limi tomonidan 2018 yilning 12 oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning aliment undirish haqidagi 1500 dan ortiq ijro ishi hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tkazilgan   targ‘ibot ishlari  natijasida 70 ta oila o‘zaro yarashib oldi.

MIB Toshloq tumani bo‘limi davlat ijrochisi M.Alijonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida 10 nafar oila tiklandi. Natijada tuman hokimi M.Alijonovga faollar ishtirokida «Tashakkurnoma» topshirdi.

Oilalarni yarashtirish — o‘ta nozik va bir qadar mutlaqo xususiy masala. Bu jarayonda tomonlarning ko‘ngliga yo‘l topib, murosai madoraga keltirish aytishga oson. Mahalla fuqarolari yig‘ini mutasaddilarining bu borada amalga oshirayotgan ishlarini e’tirof etmaslik noinsoflik bo‘ladi. O‘z nabatida, MIB xodimlarining sa’y-harakatlari ham e’tiborga molik. Rost-da, MIB asosiy vazifasi — sud hujjatlarini ijro etish bilan cheklangan taqdirda ham hech kim e’tiroz qilolmaydi. Shunga qaramay targ‘ibot ishlarida faol qatnashgan holda tomonlarni murosaga keltirishdek xayrli ishga bosh qo‘shib, bundan samara bo‘lmoqdami, demak, buni faqat olqishlamoq kerak.  

Pirovardida eslatmoq joiz: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474‑moddasiga ko‘ra, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 Sharifa Madrahimova 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring