Mezbon mehmonni ayab o‘tirmadi
2021-yil 21-aprel kuni 19 yoshli T.Omadjon Andijon viloyati Paxtaobod tumani Shomat mahallasida joylashgan yashash xonadoniga otasi Yu.Ikromning oldiga kelgan mehmon 47 yoshli A.Shukurjon uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegishli «Cobalt» rusumli avtomashinasining kalitini cho‘ntagidan yashirin ravishda olib, avtomashinani olib qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu avtomashina Toshkent shahar Sergeli tumani hududida qarovsiz holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.Omadjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida, T.Omadjon fuqaro A.Shukurjonga avtomashinasini boshqarib aylanib kelishga ruxsat berishini so‘raganligini, lekin unga rad javobini bergach, avtomashinani olib qochganligi aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter