Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mexikoda koptokni deb sportchi qizlar halok bo‘lishdi

Mexikoda koptokni deb sportchi qizlar halok bo‘lishdi

Foto: «Hyyh.ru»

Meksika poytaxti Mexiko shahrining janubi-sharqida ikki futbolchi qiz chaqmoq urishidan halok bo‘ldi, yana uch nafari kuyib qoldi, deya xabar berdi «Universal».

Nashrning ma’lum qilishicha, Tlauak munitsipalitetida o‘tayotgan ayollar futbol ligasi musobaqasi kuchli yomg‘ir tufayli to‘xtatilgandi. Besh nafar qiz futbol maydonida qolib ketgan koptokni olib kelish uchun qaytganida chaqmoq urgan. Shikastlanganlarning bari shu zahoti shifoxonaga yetkazilgan. Biroq ikki nafar qizning hayotini saqlab qolisholmadi, ular hayotdan ko‘z yumishdi. Ta’kidlanishicha, vafot etganlardan biri hali voyaga ham yetmagan.

Yana uch nafar sportchi qiz ikkinchi darajali kuyish jarohatini olishgan. Ayni vaqtda ularning hayotiga hech nima xavf solmayapti, deb yozadi nashr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring