Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mevali sharbatlar bolalar uchun xavfli deb topildi

Mevali sharbatlar bolalar uchun xavfli deb topildi

Mevali sharbatlar bolalar uchun xavfli ekani aniqlandi.

Foto: «Telegraf.com.ua»

Doimiy shakar miqdori ko‘p bo‘lgan mevali sharbatlarni iste’mol qilgan bolalar ko‘pincha astma kasalligiga uchraydi. AQShdagi Harvard universiteti shifokorlarining tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar 1068 nafar ona va ularning farzandlarining ovqatlanish ratsionlarini tahlil qilishdi hamda astma kasalligi va tarkibida fruktoza bo‘lgan shirin ichimliklar o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Natijalar doimiy fruktoza va shakar iste’mol qilgan bolalarning 77 foizida astma kasalligi uchrashini ko‘rsatyapti.

Qolaversa, olimlar nafas olish bilan bog‘liq muammolar homiladorlik vaqtida shirin ichimliklarni ko‘p ichish natijasida ham kelib chiqishini ta’kidlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring