Metroning Sergeli yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi

Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishidagi harakat to‘xtatilishiga kontakt relsining kronshteyni ushlab turish qurilmalaridan chiqib ketishi sabab bo‘lgan. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi ma’lum qildi.
Voqea yuzasidan rasmiy tergov davom etmoqda, sabablari o‘rganilmoqda. Sergeli liniyasida metro poyezdlari harakati tiklandi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, taxminan 10:40da Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi texnik nosozliklarga ko‘ra to‘xtatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter