Metroda shubhali buyum topildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent metropolitenining «Kosmonavtlar» bekatida poyezddan yo‘lovchilar tushirib yuborilgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 11-iyun kuni soat 11:50 da 38-yo‘nalishda harakatlanayotgan poyezdning 3-vagonida shubhali narsa qoldirib ketilgan va bu haqda poyezd mashinistiga xabar berilgan. Ichki ishlar vazirligi va Toshkent metropoliteni o‘rtasidagi o‘zaro kelishilgan yo‘riqnomaga ko‘ra, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular «Kosmonavtlar» bekatida poyezddan tushirilgan.
Qoldirib ketilgan qarovsiz buyumni tekshirish uchun poyezd yo‘lovchilarsiz elektrodepoda joylashgan maxsus tekshirish punktiga yuborilgan. Barcha yo‘nalishlarda poyezdlar jadval asosida harakatlanishni davom etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter