Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroda poyezdlar oraliq vaqti qisqaradi

Metroda poyezdlar oraliq vaqti qisqaradi

Joriy yil 4 sentyabrdan OTMlarda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Natijada shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab oshadi. Mazkur talabni qondirish uchun olib borilayotgan ishlar yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati O‘zAga ma’lumot berdi.

Metrodan foydalanishda yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish  maqsadida mavjud ichki resurslardan maksimal darajada foydalangan holda vaqt oraliqlari qisqartirilishi rejalashtirilgan. Masalan, tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3.5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida esa, 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq 4 sentyabrdan Toshkent metrosi bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilingandi.

Shuningdek, Toshkent metropolitenining «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari 4 oyga yopilishi xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring