Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Metro inqilobi». Oshirilgan yo‘lkira Chiliga 200 million dollar zarar keltirdi

«Metro inqilobi». Oshirilgan yo‘lkira Chiliga 200 million dollar zarar keltirdi

Foto: «Mir24.tv»

TASS xabar berishicha, norozilik namoyishlari ortidan kelib chiqqan tartibsizliklar oqibatida Chili poytaxti — Santyago metrosining 136 ta stansiyasidan 77 tasiga zarar yetkazilgan.

Umumiy yetkazilgan zarar $200 mln.ga baholanyapti.

«Jami 136 stansiyadan 77 tasiga zarar yetkazilgan, shulardan 20 tasini yoqib yuborishgan», — deyiladi metropoliten matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Foto: «Borneo Post»

41 ta stansiyaga «ko‘p sonli zarar» yetkazilgani aytilmoqda. Namoyishchilar oltita poyezdni ham ishdan chiqarishgan.

Eslatib o‘tamiz, Santyagoda 14-oktyabr kuni metrodagi yo‘l haqi o‘rtacha 30 peso (0,04 dollar)dan 850 peso (1,2 dollar)gacha oshirilishi avval norozilik namoyishiga sabab bo‘lgan, keyin ommaviy tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarni keltirib chiqargandi.

Keyin boshqa shaharlarda ham tartib izdan chiqqan.

Buning oqibatida mamlakat hukumati poytaxt hamda Valparaiso hududi, Valdiviya, Antofagasta, Konsepson, La-Serena, Kokimbo va Rankagua kommunalarida favqulodda holat e’lon qilgan.

Foto: «Instagram»

Prezident Sebastyan Pinera mamlakatda bo‘layotgan voqealarni urushga tenglashtirdi va... jamoat transportida oshirilgan yo‘lkiralarni yana o‘z holiga qaytarib qo‘yish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring