Metro bekatlaridan biri 6-dekabrgacha yopiladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 387-F sonli farmoyishi talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 7-bekat 2022-yil 21-noyabr kunidan 6-dekabr kuniga qadar o‘z yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Bu haqda Toshkent metropoliteni DUK matbuot xizmati xabar bergan.
«Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter