«Metan zapravka»lardagi cheklov bekor qilinishi mumkin
Ayni vaqtda cheklovlar kiritilgan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKShlar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi hamda «Hududgazta’minot» AJ O‘zbekistonda barcha metan zapravkalariga cheklov kiritilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, dastlab metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlashi belgilangan bo‘lsa, keyinroq ularning ishi 12:00 gacha qisqartirildi. Qolaversa, so‘nggi kunlarda mamlakatdagi AGTKShlarning teng yarimi umuman ishlamayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter