Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metan zapravkalarda cheklov joriy etiladi

Metan zapravkalarda cheklov joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 17 noyabrdan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik, kunning ma’lum, ya’ni kechki va tunggi vaqtlari oralig‘ida cheklovlar joriy qilinadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, grafiklar mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangani tufayli, joylarda AGTKSh ish vaqti farqlanishi mumkin.

Cheklovdan maqsad birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat.

«Hurmatli iste’molchilar, vaktinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi xamda AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tishini ma’lum qilamiz» deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring