Toshkentda ayrim «metan zapravka»larda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etildi
Toshkent shahrida jamoat transporti harakati uzluksizligini ta’minlash maqsadida belgilangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 5-dekabr soat 12:00 holatiga shaharda jami 900 ga yaqin avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarilgan.
Shundan:
- Elektrobus – 19 ta;
- Tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslar – 275 ta;
- Dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan avtobuslar – 600 ta.
«Toshshahartransxizmat» AJning avtobus saroyi filiallarida avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish tezkorlik bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yo‘nalishlarda harakat davomida yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar natijasida kuzatilayotgan tirbandliklar jamoat transportining harakat tezligiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda», – deydi Transport vazirligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahrida ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter