Meta Donald Trampning Facebook va Instagram akkauntini blokdan chiqardi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini blokdan chiqardi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, siyosatchining vakillari Meta’ga sobiq prezidentning Facebook’dagi akkauntini tiklashni so‘rab xat yo‘llagan. Meta korporatsiyasi ikki yillik blokirovkadan so‘ng AQShning sobiq prezidenti sahifasini tiklagan.
Yanvar oyida Meta kompaniyasining global masalalar bo‘yicha prezidenti Nik Klegg siyosatchining Facebook va Instagram’dagi akkauntlarini tiklash rejasini e’lon qilgan edi. Uning tushuntirishicha, blokirovka Trampning 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish rejalari tufayli bekor qilinadi.
2022 yilning noyabrida Tramp ijtimoiy tarmoqdagi so‘rovdan so‘ng Twitter akkauntini qaytarib olgan edi. O‘shanda 51,8 foiz foydalanuvchilar uning akkauntini tiklash tarafdori bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter