Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi faoliyatidagi 700-golini urdi

Messi faoliyatidagi 700-golini urdi

Foto: «Championat.com»

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi va sardori Lionel Messi faoliyatidagi 700-golini kiritdi. Forvard Ispaniya chempionatining 33-turida Madridning «Atletiko» klubi darvozasiga belgilangan penaltini «panenkochasiga» joylab qo‘ydi.

Biroq yubiley goli sardorga uncha tatimadi: «Atletiko» bilan o‘yindagi durang (2:2) «Barselona»ning chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi: 33 o‘yindan so‘ng kataloniyaliklar 70 ochko jamg‘arishgan, «Real Madrid» 32 o‘yindan keyin 71 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Messi 700 ta golining 630 tasini «Barselona» safida, 70 tasini Argentina terma jamoasi tarkibida urgan.

Bu yilgi mavsum Messi Primerada 27 o‘yin o‘tkazdi, hisobida 22 gol va 17 golli uzatma bor.

Uning faoliyatidagi eng porloq mavsum 2012-yil bo‘lgandi: o‘shanda 91 ta gol urib, Pelening 75 ta gollik rekordini yangilagandi.

Lionel Messi Krishtianu Ronalduni ta’qib qilishda davom etmoqda, eslatib o‘tamiz, 35 yoshli portugal yulduzi hisobida 700 tadan ziyod gol bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring