Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» xavfsizlik borasida ikkita messenjerdan ortda qoldi

«Telegram» xavfsizlik borasida ikkita messenjerdan ortda qoldi

Foto: «Twitter»

«Artezio» kompaniyasi 20 dan ortiq messenjerlarni tahlildan o‘tkazdi. Ularning orasidan xavfsizlik talabiga javob bera oladigan faqat 8 tasi tanlab olindi. «Tor ro‘yxat»ga «Telegram» ham kirdi, biroq u birinchi o‘rinda emas.

Birinchi o‘rinda — xavfsizlik talablariga eng yaxshi javob bergan «Signal» messenjeri.

Ishonchlilik va xavfsizlik testini o‘tkazishda ma’lumotlarni shifrlash sifati, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlashga shaylik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash darajasi kabi jihatlar e’tiborga olindi.

Demak, reyting yetakchisi — «Signal» messenjeri. Ikkinchi o‘rinda — «Wickr», «Telegram» esa uchinchi pog‘onada. Xavfsizlik darajasi eng sust messenjer deya «Facebook Messenger» qayd etildi — bu tadqiqotlar natijasida kelingan xulosa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring