Jinoyatchilikka qarshi kurashish o‘n kunligi tadbirlari o‘tkazildi
«Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish» o‘n kunligi tadbirlari Olmaliq shahridagi I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, 23ta umumta’lim maktablari va 43ta MFYni qamrab oldi va unda 800dan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «Oila» IATM Toshkent viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.
«Oila» IATM Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan o‘n kunlikda yoshlar «Giyohvandlik asr vabosi», «Yoshlik beboshlik emas» va «Biz jinoyatchilikka qarshimiz!» degan g‘oyalar bilan chiqishdi.
Barkamol avlod yoshlar uyida tashkil etilgan «Mening farovon oilam» mavzuidagi rasmlar ko‘rik-tanlovida giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy zo‘ravonlik va uni oilaga salbiy ta’siri rang-barang rasmlarda aks etgani o‘quvchilarning bu illatlarga qarshi ekanligini ko‘rsatdi.
20-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan ustoz-pedagoglar, ota-onalar va mahalla ahli «Voyaga yetmagan yoshlarda huquqbuzarlikning ijtimoiy-psixologik sabablari» mavzuidagi taqdimot orqali farzandlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan jiddiy yondoshishlari, loqaydlikka berilmaslik borasidagi tushunchaga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter