Meksikadagi shtatda bir yilda 340 dan ortiq maxfiy qabr topildi

Meksikaning Verakrus shtatida 2017-yil davomida 340 dan ortiq maxfiy qabrlar topildi. Bu haqda shtatning bosh prokurorii Xorxe Uinkler xabar qildi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy qabrlar 44 ta shtat bo‘linmasida topilgan. Ulardan 225 tasi tana, 335 tasi inson bosh suyagi, 30 mingdan ortig‘i suyak qoldiqlaridir. Hozirgacha ularning 111 ta qoldig‘i aniqlangan.
O‘tgan 20 yil mobaynida Meksikada zo‘ravonliklarning eng yuqori darajasi 2017-yilda kuzatildi. Unga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 80 kishi o‘ldirildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2010-yildan Verakrus shtatida 3,6 mingga yaqin kishi izsiz yo‘qolgan. Meksikaning mazkur hududi anchadan buyon ikkita kuchli narkokartelga aylangan. Bu ikki guruh AQShga giyohvand moddalarni yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro raqobatlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter