Meksikada koronavirusga chalingan bemorga yangi o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi
Meksikalik shifokorlar Lotin Amerikasida ilk bor koronavirusga chalingan bemorning ikkala o‘pkasini ham almashtirishdi. Bu haqda «Milenio» gazetasi xabar berdi.
Transplantatsiya shimoli-sharqiy Nuevo-Leon shtati Monterreydagi «Kristus Mugersa» shifoxonasida amalga oshirildi. Bosh shifokor Anxel Martines Velaning so‘zlariga ko‘ra, 57 yoshli bemor operatsiyadan so‘ng yana ikki hafta shifoxonada qolishi zarur. Negaki, u ekstrakorporal membranali oksigenatsiya apparatiga ulangan.
Uning ta’kidlashicha, organizmni kislorod bilan ta’minlash bo‘yicha ishning asosiy qismini yangi o‘pkalar bajarmoqda, lekin muvaffaqiyat haqida gapirishga hali erta. Shifokorlar bemorni kuzatishda davom etmoqda, chunki yangi a’zo ajralib ketish xavfi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter