Meksika terma jamoasi sobiq futbolchisi koronavirusdan vafot etdi

Meksika terma jamoasining sobiq futbolchisi Aaron Padilya Guteres 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Padilya koronavirusga chalingan bo‘lgan.
Aaron Padilya Meksika terma jamoasida 55 o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 8 ta gol urgan. Uning o‘g‘li Aaron Padilya Mota ham terma jamoada to‘p surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter