Meksika prezidenti korrupsiyani yengmaguncha niqob taqishdan bosh tortdi
![Meksika prezidenti korrupsiyani yengmaguncha niqob taqishdan bosh tortdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2152881363.jpg)
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador mamlakatda korrupsiyani mag‘lub qilgandan so‘ng niqob taqishga va’da berdi.
Avvalroq u niqob taqmasligini, chunki virusdan himoyalashda uning foydasi ilmiy isbotlanmaganini aytgandi. Lopes Obrador ommaviy tadbirlar va kundalik matbuot anjumanlariga chindan ham niqobsiz keladi, lekin ijtimoiy masofa saqlashga harakat qiladi. Uning aytishicha, qoidalarga ko‘ra talab qilinadigan joylarda, masalan, samolyotlarda niqob taqishga rozi bo‘ladi.
Avvalroq «El Universal» gazetasi Meksika milliy harakat partiyasi koronavirus pandemiyasi fonida prezidentni niqob taqishga majburlash uchun sudga murojaat qilmoqchi bo‘layotganini xabar bergandi.
«Qachonki korrupsiya yo‘q bo‘lsagina, niqob taqaman. Qani, kelishib olaylik», — dedi Lopes Obrador jurnalistlarga murojaat qilarkan. Matbuot anjumani prezidentning Twitter-akkauntida efirga uzatilgan.
Meksikada 416 179 kishi koronavirusga chalinib, 46 ming nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter