Mehnat muhojirlari aybdormi? Rossiya bosh prokurorining ayblovlarini rasmiy statistika inkor etmoqda
Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov mamlakatda chet elliklar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni o‘sgani haqida bayonot bergandi. Biroq rasmiy statistika buning aksini ko‘rsatmoqda, deb yozmoqda RTVI.
Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvarida chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2023-yil yanvariga nisbatan 0,4 foiz kam jinoyat sodir etganiga nashr e’tibor qaratdi.
Rasmiy statistikaga muvofiq, 2023-yil davomida chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan jami 30,2 mingta jinoyat sodir etilgan — bir yil avvalgidan 9 foiz kam. MDH (Rossiyani hisobga olmaganda) fuqarolari sodir etgan jinoyatlar soni esa 7 foiz kamaygan.
Shunga qaramasdan, Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy moddalar bo‘yicha sudlanayotgan xorijliklar soni oshmoqda: 2023-yil birinchi yarmida 10 ming kishiga hukm chiqarilgan, shundan 9,6 mingi — MDH fuqarolari. 2022-yilning birinchi yarmida 9,5 ming nafar chet ellik sudlangan, shundan 9,1 mingi — MDH fuqarolari.
Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni bosh prokuror Igor Krasnov Bosh prokuratura hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida (noqonuniy va mehnat muhojirlari tomonidan) sodir etilayotgan kriminal xatti-harakatlar to‘rtdan uch qismga ko‘payib, jami 21 894 taga yetganini ta’kidlagan. Krasnov bu raqamlar qaysi vaqt oralig‘iga tegishli ekaniga aniqlik kiritmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter