Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Media park»dagi firibgar. 40 kishi 225 million so‘mga chuv tushirildi

«Media park»dagi firibgar. 40 kishi 225 million so‘mga chuv tushirildi

Bugungi kunda firibgarlikning yangi ko‘rinishi sifatida o‘zga shaxsning nomiga kredit yoki tovar olish kabi jinoyatlarning sodir etilishi holatlari ko‘p uchramoqda va bu turkumdagi jinoyatlar epizodining ko‘pligi bilan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Masalan, Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan 1993-yilda tug‘ilgan Z.Xoldorovga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi «Huquq» gazetasi.

Firibgar joriy yilning 7 iyun kuni Sergeli tumanidagi «Media park» maishiy texnika do‘konida 1984 yilda tug‘ilgan M.Karimberdiyevaga 150 ming so‘m berish orqali ishonchiga kirib, uning nomiga 4 million 936 ming so‘mlik «Artel» konditsionerini kredit yo‘li bilan olgan.

So‘ngra, konditsionerni o‘zga shaxsga arzon narxda sotib yuborib, olingan kredit qarzini to‘lamaganligi natijasida M.Karimberdiyevaga moddiy zarar yetkazagan.

Ushbu jinoyat ishini tergov qilish davomida Z.Xoldorov yuqoridagi kabi jinoyatlarni 40 nafar fuqaroga nisbatan sodir etib, jabrlanuvchilarga jami 225 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat bo‘yicha Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan 1993-yilda tug‘ilgan Z.Xoldorovga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring