Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDH va Gruziya davlatlari kinostudiyalari rahbarlarining kengashi bo‘lib o‘tmoqda

MDH va Gruziya davlatlari kinostudiyalari rahbarlarining kengashi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun O‘zbekiston Kinematografiya agentligida MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalari direktorlarining kinematografiya sohasidagi hamkorligi bo‘yicha kengash o‘tkazilmoqda. Qator kinostudiyalar rahbarlari ishtirokida davom etayotgan kengashda «O‘zbekfilm», «Lenfilm», «Belarusfilm», «Moldavafilm», «Tadjikfilm» kinostudiyalar rahbarlari o‘z ma’ruza va takliflari bilan qatnashdilar.

Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov uchrashuv avvalida Kengash kinostudiyalarni birlashtirish maqsadida tashkil qilingani ta’kidlab, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan xalqaro hamkorliklar haqida so‘z yuritdi. Kengashda kinostudiyalar rahbarlari o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar qilishdi.

— O‘zbekfilmning kinokonsern sifatida qayta tashkil etilgani quvonarli hodisa. Bu davlatingizda kino sohasiga qaratilayotgan e’tiborning yuksak na’munalaridan biri. Bunday kinoparklar bizda ham bo‘lishini istardim, — deya fikr bildirdi Moldovadan tashrif buyurgan kinostudiya vakili.

Taqdimot davomida Belarusfilm rahbari Vladimir Karachevskiy o‘zbek kino sohasi tajribasini o‘rganish va uni joriy etish mexanizmlarini Kengash ijro qo‘mitasida ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Kengash davomida qo‘shma loyihalar, kinostudiyalar va kinokonsernlar faoliyatining samarali modellari muhokama qilindi, shuningdek hamkorlik bo‘yicha yagona yo‘l xaritasining loyihasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, ko-produksiya bo‘yicha pitching loyihalari taqdim etildi. Shuningdek, direktorlar kengashi tarkibiga yangi ishtirokchilar qabul qilinishi aytib o‘tildi.

Kunning ikkinchi qismida esa kengash negizida tashkil etilayotgan yangi uyushmaning rasmiy maqomi muhokamasi o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring