Mbappe «Real»ni jazoladi, «Manchester Siti» raqibini «yanchdi»

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining markaziy o‘yinida «Real» safarda «PSJ» bilan bahslashdi.
«PSJ»ning to‘liq ustunligida o‘tgan bahsda Mbappe so‘nggi soniyalarda g‘alaba golini urdi. Bunga qadar o‘yinning 61-daqiqasida Messining penaltidan gol urolmagandi.
«Manchester Siti» esa Portugaliyada «Sporting» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritib, chorakfinal masalasini oldindan deyarli hal qilib qo‘ydi.
Javob bahslari 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
PSJ — Real 1:0
Gol: Mbappe (90+4).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Messi (61)
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Guye, 87), Verratti, Paredes, Di Mariya (Neymar, 73), Messi, Mbappe.
Real – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 72), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 82), Kroos, Kazemiro, Benzema (Beyl, 87), Asensio (Rodrigo, 72), Vinisius (Azar, 82).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Verratti (40), Militao (51), Mendi (57), Danilu (62), Kimpembe (83), Rodrigo (83), Paredes (90).
Sporting — Manchester Siti 0:5
Gollar: Mahrez (7), Silva (17, 44), Foden (32), Sterling (58).
Sporting – Adan, Porro (Netu, 82), Koates, Mateus Reys, Inasiu, Eshgayyu, Sarabiya (Tabata, 75), Palinya, Pedru Gonsalvesh (Ugarte, 51), Mateush Nunesh, Paulinyu (Slimani, 75).
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Zinchenko, 61), Laport (Ake, 83), Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Silva (Delap, 85), Rodri (Fernandino, 73), Foden (Gundo‘g‘an, 61), Sterling, Marez.
Ogohlantirishlar: Mateush Nunesh (66), Gundo‘g‘an (74), Eshgayyu (78), Ugarte (83).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter