Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymun chechagi pandemiya deb e’lon qilinishi mumkin

Maymun chechagi pandemiya deb e’lon qilinishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tarmog‘i maymun chechagini pandemiya deb e’lon qilishni so‘radi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Tashkilot maymun chechagi epidemiyasini global sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deya qayd etdi. Salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun virus tarqalgan hududlarda zudlik bilan choralar ko‘rish orqali epidemiyani bartaraf etish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Tarmoq vakillarining aniqlik kiritishicha, ayni damda 58 ta davlatda kasallikni yuqtirish holatlari aniqlangan va infeksiya darajasi har hafta oshib bormoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi tarqalishining jahon hamjamiyatiga ta’sirini baholash uchun  23-iyunda favqulodda qo‘mitani yig‘ishi chaqirgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring