Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson blogerga qarshi: «Juda pulli jang bo‘ladi»

Mayk Tayson blogerga qarshi: «Juda pulli jang bo‘ladi»

Foto: «New York Post»

Jahon boksi afsonasi Mayk Tayson ringga ko‘tarilish va jang o‘tkazishga tayyor. Faqat... bu jang «Temir Mayk»ka katta pul keltirgan taqdirda. Sobiq sportchi «New York Post»ga bergan intervyusida niyatini aytdi.

Taysonning aytishicha, u Jeyk yoki Logan Pol bilan mushtlashishga yo‘q demasdi. Aka-uka blogerlarning juda katta auditoriyasi bor, turgan gapki, shunga yarasha pul ishlab olsa bo‘ladi.

«Indamasdan ular bilan jang o‘tkazishga ko‘nardim. Juda pulli jang bo‘ladi. Ularning 75 million nafar obunachisi bor. 100 million dollar uchun ular hamma narsaga rozi», — dedi Tayson.

Ma’lumot uchun, Logan Pol — taniqli shoumen, videobloger va ashaddiy boks muxlisi. Ilgari u Floyd Meyvezerga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazgandi. Bloger 250 ming dollar gonorar olgan o‘sha bahsda Meyvezer 10 million dollar ishlab olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring