Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson 49 million dollarlik jang o‘tkazmoqchi

Mayk Tayson 49 million dollarlik jang o‘tkazmoqchi

Foto: «Forbes»

Yaqin o‘tmishning boks qiroli Mayk Tayson yana bir jangni o‘tkazishga shayligini bildirdi. 55 yoshli sobiq jahon chempioni bu safar o‘z vatandoshi — amerikalik bloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin. Biroq evaziga ulkan miqdorda gonorar so‘rayapti.

Tayson Youtube-bloger bilan jang o‘tkazish uchun 36 mln. funt (49 mln. dollar) so‘radi, deb yozdi «The Sun». Tomonlar jangni o‘tkazish uchun muzokaralarga kirishgan va ayni paytda og‘zaki kelishuvga erishilgan.

Jeyk Pol va Mayk Tayson. Foto: «The Sun»

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson 2005-yildan beri professional o‘yinlarda qatnashmaydi. 2020-yilda Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazish uchun ringga ko‘tarilgan.

Jeyk Pol esa UFC sobiq chempioni Tayron Vudli hamda Bellator sobiq chempioni Ben Askrenga qarshi boks tushgan. Har ikki jangda yutuberning qo‘li baland kelgan!

Xabarda aytilishicha, Pol va Taysonning yoshidagi farq — 30 yosh.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring