Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

May oyida yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari narxi oshdi

May oyida yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari narxi oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari may oyining dastlabki to‘rt haftasida tanlangan tovar va xizmatlar guruhi bo‘yicha o‘rtacha narxlar haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari, xususan, maishiy texnika va shaxsiy gigiyena tovarlari narxlari respublikada, ayniqsa, chegara hududlarida tashqi savdo hajmlarining oshishi, iste’mol bozorining ushbu segmentida raqobat muhitining yaxshilanishi hamda milliy valyuta qadrining oshishi kabi omillar ta’sirida shakllandi.


Mavzuga doir:

Markaziy bank go‘sht va guruch narxi nima uchun oshganiga izoh berdi


Ushbu tovarlar guruhlari tarkibida televizorlar 8,0 foizga, changyutgichlar 4,4 foizga, sovutgich va elektr choynaklar 1,8 foizga, atir sovun 3,5 foizga va shampun 1,9 foizga arzonlashdi.

Aprel oyidagi tabiiy gaz tariflari oshishi avtotransportda yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shahar ichidagi avtobusda yo‘l kira haqi, ayrim hududlarda to‘lovlarning sezilarli oshishi hisobiga 13,7 foizga, avtomobilda yuk tashish xizmati esa 1,6 foizga oshdi. Shuningdek, tibbiy xizmatlar narxlari 2,4 foizga oshishi kuzatildi.


Eslatma

Qayd etish lozimki, yuqorida keltirilgan iste’mol tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarish dinamikasi iqtisodiyotdagi inflyasion jarayonlarni tahlil qilish maqsadida Markaziy bank tomonidan olib boriladigan kuzatuvlarga asosan hisoblangan. Respublika bo‘yicha iste’mol narxlari indeksi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring